
Teves: Men tongda mashg‘ulotlarga kelganimda Ronaldu allaqachon shug‘ullanayotgan bo‘lar edi
"Men hech qachon Messini sport zalida ko‘rmaganman. U shug‘ullanib, mashqlar bajarganini-ku umuman. Messida barchasi yo‘l-yo‘lakay sodir bo‘ladi.
Ronaldu uchun esa mashg‘ulot hayotining bir bo‘lagi. Krishtianu butun bir kunni sport zalida o‘tkazishga ham tayyor. Men bir marta tonggi soat 6 da kelganimda Ronaldu allaqachon shug‘ullanib yurgan edi o‘shanda", - dedi Teves.
Ma’lumot uchun, Teves Krishtianu bilan "Manchester Yunayted" safida bira to‘p tepgan. Messi bilan esa Argentina terma jamoasi safida elkama-elka faoliyat olib borgan.
Fikrlar