
Tashkent Challenger. Jo‘rabek va Sanjar finalda
Musobaqaning juftlik bahslarida ishtirok etayotgan Sanjar Fayziev/Jo‘rabek Karimov tandemi bugun yarim final bahsida Luka Margoroli/Tristan-Samuel Vayssborn duetiga qarshi kortga chiqdi.
1 coat 11 daqiqa davom etgan bellashuv vakillarimizning 6:4, 6:4 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi.
Endi ular ertaga markaziy kortda bosh sovrin uchun kortga chiqishadi. Ularga Enrike Lopes Peres/Federiko Gayo duetiga qarshi bahs olib borishadi. Mazkur bellashuv 11:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Fikrlar