
Talabalar ligasida nima gaplar? (Foto)
Futzal bo‘yicha talabalar ligasida 9-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Musobaqalar Menejmentni rivojlantirish bo‘yicha Singapur universiteti sport zalida bo‘lib o‘tdi. Poytaxtdagi 12 ta oliy o‘quv dargohi jamoalari ishtirok etayotgan chempionatda hamon Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutining "Irrigator" komandasi peshqadamlik qilmoqda. Peshqadam jamoa 9 uchrashuvning barchasini g‘alaba bilan yakunlagan.
Quyida Vestminster universitetining 2-jamoasi bilan Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent filiali jamoasi o‘rtasida o‘tgan uchrashuv (5:6) dan olingan fotolavhalarni hadya etamiz:
Fikrlar