
Sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston kubogi o‘tkazilmoqda
Musobaqa jamoaviy tizimda tashkil etilmoqda. Hozircha yunon-rum kurashi bo‘yicha bahslar yakuniga etdi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.
Unga ko‘ra mezbon Buxoro terma jamoasi vakillari birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar mos ravishda Andijon va Samarqand terma jamoasi a’zolariga nasib qildi.
Ayni paytda erkin kurash bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazilmoqda.
Fikrlar