
Spalleti: Nainggolan borasida qarorni klub prezidenti qabul qilgan
Avvalroq xabar berganimizdek, "Inter" klubi yarim himoyachisi Raja Nainggolan A Seriya 18-turida "Napoli"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi haqida xabar bergandik.
Milanning "Inter" klubi bosh murabbiyi Luchano Spalleti ushbu ma’lumotni tasdiqlab o‘z fikrini bildirdi.
- Albatta, Raja kabi futbolchi "Napoli"ga qarshi bahsda maydonga tushmasligidan afsuslanaman. U faqatgina bir o‘yinda ishtirok etolmaydi. Ushbu qaror klub prezidenti tomonidan qabul qilingan, - deya Spalettining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Eurosport.it nashri.
Fikrlar