
Simona Xalep chorak finalda Lesya Tsurenkoni sinovdan o‘tkazadi
AQShning Tsintsinnati shahrida o‘tayotgan "Premier" musobaqasida ruminiyalik Simona Xalep chorak finalga yo‘l oldi.
Simona "Western & Southern Open" turnirining uchinchi davrasida avstraliyalik Eshli Bartini 7:5, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa Xalep musobaqaning chorak finalida ukrainalik Lesya Tsurenkoga qarshi o‘yin o‘tkazadigan bo‘ldi.
Fikrlar