
Sillessen jarohat oldi va "Real"ga qarshi o‘ynay olmaydi
Kataloniyaning "Barselona" klubi zaxira darvozaboni Yasper Sillessen jarohat olib safdan chiqdi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra gollandiyalik darvozabon son mushaklaridan jarohat olgan. Shifokorlarning aytishicha endi u 1,5 oy maydonga tusha olmaydi.
Shu tariqa Sillessen Ispaniya kubogi yarim finalida “Real”ga qarshi bo‘ladigan bahslarni o‘tkazib yuboradi.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” va “Real” jamoalari o‘rtasidagi dastlabki o‘yin 6 fevral kuni bo‘lib o‘tadi, javob bahsi esa 27 fevralga rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Sillessen joriy mavsum “Barselona” safida jami 7ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z darvozasidan 7ta gol o‘tkazib yuborildi.
Fikrlar