Shomurodovning gollari Galiulin jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi (video)

  • 30 aprel, 2018, 00:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek bugun Rossiya premer-ligasining 28-turida Eldor Shomurodov faoliyat olib boradigan “Rostov” o‘z maydonida Vagiz Galiulin to‘p suradigan “Tosno” klubini qabul qildi.

Tecno

Yaqindagina foydalanishga topshirilgan “Rostov-Arena” stadionida kechgan qarama-qarshilikda mezbonlar 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi. E’tiborlisi, uchrashuvda kiritilgan har ikkala golga Shomurodov mualliflik qildi. Bu 2017 yilning iyun oyidan  buyon “Rostov” safida to‘p tepayotgan Eldor uchun jamoa safidagi ilk gollari bo‘ldi.

Qayd etish lozimki, haar ikkala hamyurtimiz ham shu kuni maydonda to‘liq 90 daqiqa to‘p surishdi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamdk kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!