Shomurodov “Rostov”dagi ilk gollarini Galiulin to‘p tepadigan jamoaga kiritdi

  • 29 aprel, 2018, 22:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Rossiya Premer-ligasida 28-tur o‘yinlari davom ettirildi. Eldor Shomurodov faoliyat olib boradigan “Rostov” jamoasi Vagiz Galiulin to‘p tepadigan “Tosno”ni qabul qildi.

Tecno

Muhtasham  va ko‘rkam “Rostov-Arena” stadionida kechgan qarama-qarshilikda mezbonlar 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi. E’tiborlisi, uchrashuvda kiritilgan har ikkala golga Shomurodov mualliflik qildi.

Bu 2017 yilning iyun oyidan  buyon “Rostov” safida to‘p tepayotgan Eldor uchun jamoa safidagi ilk gollari bo‘ldi.

Har ikkala hamyurtimiz to‘liq 90 daqiqa o‘ynaganligini  qo‘shimcha qilish joiz.

Rossiya Premer-ligasi. 28-tur

Rostov – Tosno 2:0 (0:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 67 Shomurodov, 2:0 – 72 Shomurodov.

Rostov – Abaev, Ingason, Sigurdsson, Vilyush, Skopintsev (Zuev, 66), Ionov (Makeev, 79), Kalachev, Gatskan, Guliev (Yusupov, 69), Parshivlyuk, Shomurodov.

Tosno – Yurchenko, Buyvolov, Dugalich, Miyushkovich, Makarov, Galiulin, Jigulev, Nunu Rosha, Palienko (Rikardino, 74), Poletanovich (Karnitskiy, 81), Truyich (Skvortsov, 69).

Ogohlantirishlar: Makarov (2), Galiulin (35), Guliev (55), Vilyush (63), Dugalich (68).

Chetlatish: Makarov (26).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!