Sergey Lushchan: Durang - bu mag‘lubiyat emas

  • 24 iyul, 2018, 22:04
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Pepsi Superliga 18-turida “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Lokomotiv”ni qabul qildi va ushbu bahsda hisob ochilmadi. O‘yindan so‘ng jizzaxliklar bosh murabbiyi Sergey Lushchan ishtirok etdi. Bu haqda "So‘g‘diyona" matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Qiyin o‘yin bo‘ldi. Bugun O‘zbekistonning kuchli jamoalari biri bilan o‘yin olib bordik. Ximoyadagi harakatlarimiz yaxshi chiqdi. Xech biriga e’tirozim yo‘q. Futbolni qo‘rquv bilan o‘ynab bo‘lmaydi. Futbolchilar o‘ziga ishonishi shart. O‘yindan oldin asabiylashish bo‘ladi ammo uni bahs davomida ko‘rsatmaslik lozim. O‘yinchilar bilan ruxiy tomonlama ham ish olib borayapmiz.

Durang bu mag‘lubiyat emas. Ximoyada yaxshi o‘ynay oldik ammo xujumda ozroq oqsoqlandik. Muxlislar stadionda chiroyli o‘yin va gollarni ko‘rish uchun kelishadi. Nima bo‘lganda ham futbolchilar aytilgan vazifani uddalay olishdi .Ularga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman", - deydi Sergey Lushchan

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!