Sergey Lushchan: Bir yarim kunda tiklanib bo‘lmaydi

  • 1 avgust, 2018, 23:24
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘yindan so‘ng jizzaxliklar ustozi Sergey Lushchan va o‘yinning eng yaxshi futbolchi deb topilgan Sanjar Rashidovlar ishtirok etdi. Bu haqda "So‘g‘diyona" rasmiy sayti xabar  bermoqda.

"Juda qiyin o‘yin o‘tkazdik. Bahs qiyin bo‘lishini bilar edik. Bir yarim kun davomida tiklanish juda qiyin. Rejalar amalga oshmadi. Uchrashuvdan so‘ng birinchi vazifa bu yo‘qotilgan kuchni tiklashdir. Bugun futbolchilar maydonda o‘zlarini ko‘rsata olishmadi. Qo‘qondagi safardan so‘ng biz juda kam vaqt mashg‘ulot o‘tkazdik va funktsional tiklana olmadik. Halol mag‘lub bo‘ldik. Yaratilgan vaziyatlardan esa unumli foydalana olmadik. “Nasaf” birgina xatomizdan foydalandi va g‘alaba qozondi. Muhim o‘yinlar oldinda va biz ishlashda davom etamiz", - dedi Lushchan.

Sanjar Rashidov: Qiyin o‘yin o‘tkazdik . Raqib yaxshi himoyalandi. Bizning esa xujumda ishlarimiz yurishmadi. Bu o‘yindan so‘ng kerakli xulosalarni chiqaramiz va bu xatolar ustida ishlaymiz- deydi jamoa sardori

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!