Sanches ertaga "Yuventus"ga qarshi bahsda noma’lum sabablarga ko‘ra ishtirok etmaydi
"Manchester Yunayted" klubi hujumchisi Aleksis Sanches joriy hafta UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-turida "Yuventus"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi.
Bu haqda mankuanliklar ustozi Joze Mourino “keksa sinora”ga qarshi bahs oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi. Ammo, portugaliyalik mutaxassis chililik futbolchining nima sababdan ushbu o‘yin qaydnomasiga kiritilmaganini izohlamagan.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" - "Yuventus" uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.



Fikrlar