
Sanches MYuni tark etib, PSJga kelmoqchi
“Manchester Yunayted” hujumchisi Aleksis Sanches qishki transferlar mavsumida jamoani tark etishi mumkin.
The Times nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, chililik futbolchi jamoadoshlari bilan juda kam gaplashmoqda va Joze Mourinoning o‘yin uslubi unga yaqmayapti. Shu sabab Sanches PSJga o‘tishni istamoqda.
Sanches “Manchester Yunayted”ga 2018 yil qishda o‘tgan edi. Bu vaqt ichida u 28 o‘yin o‘tkazib, 4 golga mualliflik qilgan.
Fikrlar