SPORTS.uz muhbiri Moskvadan xabar qiladi: AIBA prezidentligi uchun nomzodlar chiqish qilishdi

  • 2 noyabr, 2018, 15:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ayni damda Rossiya poytaxti Moskva shahrida AIBAning (xalqaro havaskorlar boks assotsiatsiyasi)  2018 yilgi Kongressi bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Kongressda AIBAning kelajakdagi istiqbollari va prezidentlikka nomzodlarning rejalari tinglandi. Dastlab tashkilot prezidentligi uchun nomzodlar - G‘ofur Rahimov hamda Serik Konakbaevlar so‘zga chiqishdi hamda o‘z rejalari bilan o‘rtoqlashishdi.

Shuningdek, ushbu Kongressda besh yo‘nalish bo‘yicha vitse-prezidentlar ham saylanadi. Saylovlar esa ertaga, 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik G‘ofur Rahimov hamda qozog‘istonlik Serik Konakbaev AIBA rahbarligi uchun kurashmoqda.

Bekzod ISAEV,

Moskva, SPORTS.uz muhbiri.

Surat: kun.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!