Ronaldo: Krishtianu bilan meni taqqoslash no‘to‘g‘ri

  • 8 dekabr, 2018, 02:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya terma jamoasi hamda "Inter" klubi sobiq xujumchisi Ronaldo "Yuventus" xujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrini bildirdi.

Tecno

- Xozirda haqiqiy Ronaldo haqida gapirish mantiqsiz. Shuni aytishim joizki, biz Krishtianu bilan butunlay farq qilamiz.

Avvalam bor, yoshimizdagi 9 yillik farq. Biz boshqa-boshqa davrda faoliyat olib borganmiz. Shu vaqt mobaynida futbol o‘zgardi va ushbu jarayon to‘htayotgani yo‘q.

Men 20 yil oldin "Inter" a’zosiga aylanganman, Krishtianu esa o‘z faoliyatining cho‘qqisida "Yuve" safiga o‘tdi. U Evropaning eng kuchli klubiga ko‘chib o‘tdi, men esa tiklanayotgan jamoaga o‘tgandim, - dedi Ronaldo.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!