"Roma" hujumchisi "Real" ustidan g‘alaba qozonishga ishonmoqda

  • 4 sentabr, 2018, 19:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rimning “Roma” klubi forvardi Patrik Shik Chempionlar ligasi guruh bosqichida “Real” Madridga qarshi kechadigan uchrashuvlarda g‘alaba qozonishga ishonmoqda.

Tecno

“Chempionlar ligasi o‘yinlari boshlanishini sabrsizlik bilan kutyapman. Bunday musobaqalarda siz raqib tanlay olmaysiz va kuchli jamoalarga qarshi o‘ynashingizga to‘g‘ri keladi. Bu safar bizga “Real” to‘g‘ri kelib qoldi. Lekin ular bu mavsum u qadar kuchli emas deb o‘ylayman. Ronaldu jamoadan ketdi va uning o‘rnini qanday yopishlari biz uchun qiziq. Maqsadimiz - guruhda birinchi o‘rinni egallash. Biz “Real”ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozona olamiz”, - deydi Shik.

Eslatib o‘tamiz, "Roma" va "Real" joy olgan “G” guruhida shuningdek TsSKA va "Viktoriya Plzen" klublari ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!