
Roberto Karlos "Real"ga Rossiya terma jamoasining 3 nafar futbolchisini sotib olishni maslahat berdi
Braziliyalik sobiq futbol yulduzi Roberto Karlos JCh-2018 davomida Rossiya terma jamoasi futbolchilarining o‘yinlarini kuzata turib, ularning orasidan ba’zilarini imkoniyatini yuqori baholadi.
“Rossiya terma jamoasi safida menga ko‘proq Artem Dzyubaning o‘yinlari yoqdi. Jamoaning muvaffaqiyatiga asosiy sabab sifatida muxlislarning qo‘llab-quvvatlashini keltirgan bo‘lardim. Dzyuba “Real”da o‘ynay olarmidi? Rossiya terma jamoasining barcha o‘yinchilari tez sur’atlarda o‘sishga erishishmoqda.
Dzyuba, Alan Dzagoev, Fyodor Smolov – bularning barchasi kerakli darajaga etishishgan. Shaxsan men ularning transferi borasida “Real” prezidenti Florentino Peres bilan gaplashgan bo‘lardim”, - deydi Karlos.
Fikrlar