"Real" va "Manchester Siti" Dias transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

  • 28 dekabr, 2018, 15:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” klubi yarim himoyachisi Braim Dias “Real”ga o‘tishga yaqin turibdi.

Tecno

Klublar futbolchining transferi borasidagi shartlar bo‘yicha kelishuvga erishgan. 19 yoshli ispaniyalik futbolchi Madrid jamoasiga 15 million evro evaziga o‘tadi. Transfer yanvarda amalga oshiriladi.

Dias “Real” bilan olti yillik shartnoma imzolaydi va yiliga 3,5 million evro ishlaydi. Uning “qirollik klubi”ga o‘tganligi rasman keylasi hafta e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” Diasni 2014 yilda “Malaga”dan 350 ming evroga xarid qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!