
“Real” “Manchester Siti” futbolchisiga asosiy tarkibdan joy va’da qildi
“Real” rahbariyati “Manchester Siti” yarmi himoyachisi Braim Diasni tarkibga qo‘shib olish harakatlarini boshlab yubordi.
“Qirollik klubi” rahbariyati 19 yoshli Ispaniya yoshlar terma jamoasi futbolchisini yaqinlashayotgan qishki transferlar mavsumida Madridga olib kelishni rejalashtirgan. Avvalroq transfer mavsum oxirida, futbolchi erkin agentga aylangandan keyin amalga oshirilishi aytilgan edi.
Ayni damda bu futbolchining klublar o‘rtasidagi muzokaralari haqida rasmiy ma’lumot berilgani yo‘q. Biroq “Real” Diasga qishki transferda o‘tadigan bo‘lsa, asosiy tarkibdan joy va’da bergan.
Fikrlar