
"Real" Falkaoni Madridga olib kelmoqchi
“Real” klubi o‘z tarkibiga “Monako” hujumchisi Radamel Falkaoni qo‘shib olishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi Don Balon nashri. Bu Krishtianu Ronalduning “Yuventus”ga o‘tib ketganligi bilan bog‘liq. Sababi hozirda “qirollik klubi” ikkita nominal hujumchi qolgan – 30 yoshli Karim Benzema va 21 yoshli Borxa Mayoral.
Agar transfer amalga oshiriladigan bo‘lsa, Falkao “Real” a’zosiga aylangan ikkinchi “Atletiko” sobiq futbolchisi bo‘ladi. Avvalroq 2011-14 yillarda “Atletiko” sharafini himoya qilgan darvozabon Tibo Kurtua bilan shartnoma imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Amerikalik hujumchi “monegask”lar safida 2013 yil yozidan beri to‘p murib kelmoqda. Uning amaldagi kelishuvi 2020 yil yozida yakuniga etadi. Transfer narxi 12 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar