
Rasman! Modrich 2018 yilning eng yaxshi pleymeykeri deb topildi
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) “Real” Madrid klubi va Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrichni yakuniga etib borayotgan 2018 yilning eng yaxshi pleymeykeri deb topdi.
Ta’kidlash kerakki, 33 yoshli Modrich bu borada 272 ochko to‘pladi. Undan keyingi pog‘onani esa 144 ochko bilan “Barselona” forvardi Lionel Messi egalladi. Kuchli uchlikni esa "Chelsi" klubi va Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Eden Azar (114) yakunlab berdi.
Kuchli o‘nlikdan esa shuningdek Kevin De Breyne (36), Neymar (18), Pol Pogba(14), Kristian Eriksen (10), Miralem Pyanich(7), Xames Rodriges (7) va Krishtianu Ronaldular (5) joy olishgan.
Ma’lumot uchun, ushbu mukofot o‘tgan mavsum Lionel Messiga nasib etgan edi.
Fikrlar