
Rasman! Gedesh endi "Valensiya" a’zosi
PSJ vingeri Gonsalu Gedesh "Valensiya" bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
“Ko‘rshapalaklar” 21 yoshli portugaliyalik futbolchining transferi bo‘yicha nihoyat parijliklar bilan kelishuvga erishishdi. Bugun Gedesh “Valensiya”da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va klub bilan shartnoma imzolaydi.
Eslatib o‘tamiz, Gedesh o‘tgan mavsumni "Valensiya" safida ijara asosida o‘tkazgan edi.
Fikrlar