Rakitichga yana bir da’vogar paydo bo‘ldi

  • 11 avgust, 2018, 14:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi yarim himoyachisi Ivan Rakitichga yana bir yangi da’vogar jamoa paydo bo‘ldi.

Tecno

El Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, 30 yoshli xorvatiyalik futbolchiga Myunxenning “Bavariya” klubi jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Aniqrog‘i, jamoa ustozi Niko Kovach iqtidorli hamyurtini o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.

O‘z navbatida nemis grandi Rakitichning "Alyants Arena"ga ko‘chib o‘tishi uchun unga yaxshigina maosh taklif qilishga tayyor. Biroq, “Barselona” o‘zining etakchi futbolchisini bu mavsum ham jamoada olib qolishni rejalashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!