Rabo uchun yana bir da’vogar paydo bo‘ldi

  • 5 avgust, 2018, 22:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning PSJ klubi yarim himoyachisi Adrian Rabo uchun yangi da’vogar paydo bo‘ldi.

Tecno

Le 10 Sport nashrining xabar berishicha 23 yoshli frantsuzga “Milan” jiddiy qiziqib qolgan. Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra yaqin kunlar ichida “rossonerilar” sport direktori Leonardo ushbu transfer yuzasidan muzokaralar o‘tkazish uchun Parijga keladi.

Ma’lumot uchun, Rabo o‘tgan mavsum PSJ safida jami 50ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!