
"Portu" etakchilaridan biri APLda o‘ynamoqchi.
“Portu” yarim himoyachisi Yasin Braimi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
Corrieo da Manha tarqatgan xabarga qaraganda 29 yoshli jazoirlik futbolchiga “Everton”, “Vulverxempton” va “Manchester Yunayted” kabi klublardan qiziqishlar mavjud. Qolaversa uning o‘zi ham kuchini Angliyada sinab ko‘rish istagida.
Ma’lumot uchun, Braimi joriy mavsum “Portu” safida jami 32ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa yozda o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar