
Per-Yug Erber va Nikolya Mayu "Australian Open"da g‘alaba qozondi
Frantsiyalik Per-Yug Erber va Nikolya Mayu Avstraliya ochiq chempionatining juftlik bahslarida bosh sovrinni qo‘lgak kiritdi.
Melburn shahrida o‘tgan final uchrashuvida Per va Nikolya finlyandiyalik Xenri Kontinen va avstraliyalik Jona Pirsni 6:4, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Mazkur g‘alaba Erberv va Mayuga 750 Ming AQSh dollari va 2000 reyting ochkosini keltirdi. Per va Nikolya tandemi "Katta dubulg‘a"ni qo‘lga kiritgan ikkinchi juftlik sifatida tarixga kirdi.
Fikrlar