PSJ o‘z safiga "Barselona" etakchilaridan birini qo‘shib olmoqchi

  • 20 avgust, 2018, 14:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ rahbariyati “Barselona”dan yana bir etakchi futbolchini jamoaga jalb etishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Foot Mercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklar kataloniyaliklarning markaziy chiziq vakillaridan birini sotib olishmoqchi va bu borada ular Serxio Buskets hamda Ivan Rakitich o‘rtasida tanlovni amalga oshirishmoqchi. Ularning fikricha ushbu futbolchilardan birining jamoaga kelishi PSJga Chempionlar ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etishni ta’minlashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, PSJ bundan bir yil muqaddam “Barselona”dan braziliyalik hujumchi Neymarni 222 million evroga xarid qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!