PSJ Di Mariya bilan shartnomani uzaytirdi

  • 1 noyabr, 2018, 09:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning PSJ klubi yarim himoyachisi Anxel Di Mariya parijliklar bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra 30 yoshli argentinalik futbolchi Frantsiya chempioni bilan 2021 yilgacha kelishuvni uzaytirgan. Eslatib o‘tish lozimki, Di Mariyaning avvalgi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etar edi.

Ma’lumot uchun, Di Mariya PSJ safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 149ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 57ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!