
O‘zil "Arsenal"da qolib, asosiy tarkibga kirish uchun kurashmoqchi
Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zil jamoadan ketmoqchi emas. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 30 yoshli germaniyalik futbolchi “kanonirlar” safida qolib, asosiy tarkibga kirish uchun kurash olib bormoqchi. Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalO‘ziroq O‘zilga "Istanbul Bashakshexir" klubidan takliflar bo‘layotgani, biroq futbolchi uni rad etgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, O‘zil joriy mavsum “Arsenal” safida jami 16ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar