
O‘zbekistonning Janubiy Koreyaga qarshi tarkibi ma’lum
Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2018 3-saralash guruh bosqichining so‘nggi turida maydonga tushdi. Bu gal vakillarimizga Janubiy Koreya terma jamoasi raqiblik qiladi.
Ayni paytda tomonlarning boshlang‘ich tarkiblari ma’lum.
Darvozabon: Ignatiy Nesterov.
Himoyachilar: Vitaliy Denisov, Anzur Ismoilov, Egor Krimets, Davron Hoshimov.
Yarim himoyachilar: Azizbek Haydarov, Odil Ahmedov, Otabek Shukurov, Eldor Shomurodov, Server Jeparov.
Hujumchilar: Igor Sergeev.
Eslatib o‘tamiz, ushbu qarama-qarshilik 20:00da start oladi.
Fikrlar