
O‘zbekistonlik qiz xalqaro marafonda shohsupaga ko‘tarildi
Xitoyning Kunmin shahrida Shaxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) tashkil etilganining 15 yilligi munosabati bilan ushbu nufuzli tashkilot tomonidan marafon tashkil etildi.
Ushbu nufuzli xalqaro musobaqada dunyoning 23 mamlakatidan 15 ming engil atletikachi g‘oliblik uchun kuch sinashdi. Ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan yarim marafonda hamyurtimiz Tamila Qo‘chqorova 21 kilometru 900 metr masofani uchinchi bo‘lib bosib o‘tdi va bronza medalga loyiq topildi.
Yarim marafon oltin medali qozog‘istonlik Guljannat Jannatbekka, kumush medal keniyalik Alitsen Chepletingga nasib qildi.
Fikrlar