
O‘zbekiston umumjamoa sifatida 1-o‘rinni egalladi (foto)
Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi "Universal sport saroyi"da qo‘l jangi bo‘yicha MDH mamlakatlari armiyalari o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari harbiylari umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
O‘zbekistonda qo‘l jangi bo‘yicha MDH mamlakatlari armiyalari o‘rtasidagi bunday nufuzli musobaqa ilk marotaba o‘tkazilganiga qaramay, milliy armiyamiz sportchilari 7 vazn toifasidan beshtasida chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Musobaqada belaruslik askar Petr Kachalovskiy “G‘alabaga bo‘lgan intilishi uchun”, rossiyalik leytenant Zorikto Galsanov “Eng yaxshi texnika uchun”, qirg‘izistonlik kichik serjant Beknazar Azamatov “Parterdagi eng yaxshi harakati uchun” nominatsiyalari bo‘yicha taqdirlandi.
.jpg?1536860306145)
.jpg?1536860566143)
.jpg?1536860630390)
.jpg?1536860648969)
.jpg?1536860661845)
.jpg?1536860674253)
Manba: uza.uz
Fikrlar