O‘zbekiston delegatsiyasining yana bir qismi Jakartaga etib bordi

CHERY AUTO

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov boshchiligidagi mamlakatimiz sport delegatsiyasining yana bir qismi Osiyo o‘yinlari poytaxti Jakarta shahriga etib bordi. Bu haqda O‘zbekiston MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

Ularni Indoneziya poytaxtidagi «Soekarno Hatta» xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasining Indoneziyadagi Favqulotda va muhtor elchisi Ulug‘bek Ro‘ziqulov, Milliy olimpiya qo‘mitasi ishchi guruhi a’zolari, Jakartada istiqomat qilayotgan bir guruh vatandoshlarimiz, shuningdek, O‘zbekiston sport delegatsiyasi uchun biriktirilgan ko‘ngillilar kutib olishdi.

Ma’lumot uchun, bugun yana bir qator sport turlari buyicha terma jamoalarimiz Indoneziyaga yo‘l oladilar.

Bugun Kemayoran daxasidagi Olimpiya shaharchasida O‘zbekiston sport delegatsiyasi sharafiga bag‘ishlab Respublikamiz bayrog‘i ko‘tariladi.

Hozirga qadar futbol, ot sporti, tennis, penchak silat, baydarka va kanoeda eshkak eshish, slalomda eshkak eshish, boks, qilichbozlik, engil atletika bo‘yicha terma jamoalarimiz Indoneziyaga etib kelib bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi 18 avgust kuni «Gelora Bung Karno Stadium»da bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!