O‘zbekiston U-18 terma jamoasining yig‘ini yakuniga etdi
O‘zbekiston U-18 terma jamoasi "Chig‘atoy" sport majmuasida yig‘in o‘tkazayotgani haqida xabar berib o‘tgandik. Bugun Otabek G‘ulomxo‘jaev shogirdlari yig‘in doirasidagi so‘nggi nazorat uchrashuvini AGMK yoshlar jamoasiga qarshi o‘tkazib, 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Bungacha O‘zbekiston U-18 terma jamoasi nazorat uchrashuvlarida "Bunyodkor" yoshlarini 2:0 hisobida, "Lokomotiv" yoshlarini esa 4:2 hisobida, "Nurafshon" jamoasini esa 7:2, "Oq-tepa"ni esa 5:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.

Shu bilan Otabek G‘ulomxo‘jaev boshchiligidagi O‘zbekiston U-18 terma jamoasining yig‘ini yakuniga etdi. Mazkur yig‘in davomida murabbiylar shtabi terma jamoaning asosini shakllantirish bilan birga, yangi futbolchilarni ham sinovdan o‘tkazib olishdi.

Fikrlar