
O‘rdak Ibragimovich ishtirokidagi o‘yinni to‘xtatib qo‘ydi (video)
MLS doirasida "Real Solt-Leyk" hamda "Los-Anjeles Gelaksi" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv maydonga o‘rdak kelib tushishi tufayli bir muddat to‘xtatib qo‘yildi.
Futbolchilar va styuardlarning birgalikdagi harakat bilan esa, o‘rdakni maydondan haydashga muvaffaq bo‘lindi, ammo jonivorni ushlashning imkoni bo‘lmadi.
O‘yin esa "Solt-Leyk"ning 6:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi. Zlatan esa biror foydali ishni amalga oshirgani yo‘q.
Fikrlar