Oqil Sobirjonov Rossiyada uchinchi bo‘ldi

CHERY AUTO

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasilan xabar qilishlaricha, ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha «Rossiya ot sporti federatsiyasi Kubogi» chavandozlarimizga yana bir medalni taqdim etdi. Musobaqada ishtirok etish uchun Gollandiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlaridan etib kelgan Oqil Sobirjonov Gran-Prida 3-o‘rinni egallab, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Tecno

Musobaqada Rossiya, O‘zbekiston, Belorus, Qozog‘iston va yana boshqa bir qator mamlakatlardan chavandozlar ishtirok etdi. Oqil Sobirjonov bellashuvlarda barcha to‘siqlaridan xatolarsiz o‘tdi va terma jamoamiz hisobiga bronza medal keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, Oqil Sobirjonov konkur bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining boshqa a’zolari bilan Gollandiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etib, jahonning ko‘zga ko‘ringan mutaxasislaridan konkur sir-asrorlarini o‘rganayotgan edi. U erda terma jamoamiz a’zolari yana bir necha kundan so‘ng Jakartada start oladigan Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

O‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari doirasida bir qator nufuzli musobaqalar o‘tkazilishi va ularda chavandozlarimiz ishtirok etishi rejalashtirilgan. Oqil Sobirjonovning Gran-pridagi yutug‘i yaqinlashib kelayotgan Osiyo o‘yinlari oldidan chavandozlarimiz kayfiyatiga va ruxiy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi quvonarli hol albatta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!