Olivar Kan qo‘lqop ishlab chiqaruvchisini sudga berdi

  • 27 noyabr, 2018, 23:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" va Germaniya terma jamoasi sobiq darvozaboni Oliver Kan "T1tan" nomi bilan darvozabonlar qo‘lqopi ishlab chiqaruvchi kompaniyani sudga berdi. Gap shundaki Kanning futbolchilik faoliyati davomida "Titan" degan laqabi bor edi va u kompaniya mualliflik huquqini  buzgan deb hisoblamoqda.

Tecno

Bu ishni Myunxen sudi ko‘rib chiqadi. Oliver Kan Baden-Vyurtembergda joylashgan korxonadan nomdan foydalanganlik uchun 250 ming evro tovon talab qilmoqda. 

Sobiq kiperning o‘zi ham "Goalplay" nomi ostida darvozabonlar qo‘lqopi ishlab chiqaradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!