
Og‘ir atletika: Ruslan Nurudinov Osiyo o‘yinlari rekordini yangiladi
Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kungi bahslari davom etmoqda.
Kun dasturidan o‘rin olgan og‘ir atletika bahslarida 105 kggacha bo‘lgan vazn toifasidagi hamyurtimiz Ruslan Nuriddinov ham ishtirok etdi.
Xususan, dast ko‘tarish bahslarida 191 va siltab ko‘tarish mashqlarida 230 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirgan vakilimiz yakunda umumiy 421 kg vaznni o‘ziga bo‘ysundirgan holda, musobaqaning oltin medali sohibiga aylandi.
Qayd etish lozim ushbu natijasi orqali hamyurtimiz qatarlik Said Saif Asad tomonidan 2002 yilgi Pusanda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida o‘rnatilgan 417 kglik Osiyo o‘yinlari rekordini yangiladi.
Fikrlar