
Odil Karimov finalda engildi
Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘smirlar o‘rtasida o‘tayotgan musobaqaning juftlik bahslarida g‘olib nomi aniqlandi.
Musobaqa yarim finalida hamyurtimiz Odil Karimov mezbonlar vakili Erasil Murat bilan tandem hosil qilib, rus tennischilari – Nikita Chuev va Ivan Sidorovni 6:4, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Odil va Erasil turnirning final bosqichida yana bir rus tennischilar tandemiga Matvey Aleksandrov va Andrey Leksakovga qarshi kortga chiqib, 2:6, 6:4, 10:12 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa, O.Karimov va E.Murat musobaqada ikkinchi bo‘lgan bo‘lsa, bosh sovrin Matvey hamda Andreyga nasib qildi.
Fikrlar