
Nurmagomedovga Dog‘iston boshlig‘i yordamchisi lavozimi taklif etildi
UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Dog‘iston rahbari Vladimir Vasilevning yordamchisi bo‘lish bo‘yicha taklif oldi.
– Ha, men Dog‘iston rahbari yordamchisi lavozimi bo‘yicha taklif oldim, ammo buni kelasi uchrashuvda muhokama qilaman. Bu uchrashuv tez orada bo‘ladi, – deydi Xabib TASS nashriga.
Eslatib o‘tamiz, 6 noyabr kuni Nurmagomedov Dog‘iston eng oliy mukofoti – “Dog‘iston Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan tadirlangan.
Shuningdek, Nurmagomedovlar Dog‘iston rahbari farmoniga ko‘ra, “sport sohasidagi yuqori natijalari uchun” mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Fikrlar