
Nurmagomedov va Meyvezer boks qoidalari bo‘yicha jang qilishi mumkin
Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov boks bo‘yicha besh vazn toifasining sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer bilan boks qoidalari bo‘yicha jang qilishi mumkin. Biroq bu rossiyalik sportchining UFC bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etgandagina bo‘lishi mumkin. Bu haqda Xabibning menejeri Ali Abdel-Aziz ma’lum qilgan.
Ta’kidlab o‘tish kerakki, UFC prezidenti Dana Uayt jangchilarga boks qoidalari bo‘yicha jang qilishni taqiqlab qo‘ygan. U faqatgina ularga oktagonda jang qilishiga tayyorligini aytgan.
Abdel-Aziz so‘zlariga ko‘ra, jang 2019 yilda bo‘lishi mumkin. UFC bilan tuzilgan amaldagi kelishuviga ko‘ra, Xabib Nurmagomedovda yana bitta jang qolgan. Aynan shu jang rossiyalik sportchi uchun MMAda so‘nggisi bo‘lishi mumkin.
Fikrlar