
No‘’mon Hasanov: «Nasaf» O‘zbekistondagi eng kuchli jamoalardan biri
« Bugun jangovor o‘yin bo‘ldi. Jangovar durang desak ham bo‘ladi. “Nasaf” nafaqat quyi oltilikning balki, mamlakatimizning eng kuchli jamoalaridan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Biz har doim g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Bugun maydonda ochiq futbol ko‘rsatadigan jamoalar harakat qilishdi. Futbolchilarimga rahmat aytaman. Ikkinchi bo‘limda ko‘rsatmalarimni yaxshi bajarishdi. Birinchi bo‘limda esa himoyada bir-ikkita xato qildik. Kamchiliklar ustida ishlaymiz. Qo‘qondan bizni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan muxlislarimizga ham minnatdorchilik bildiraman. Bugungi o‘yindagi natijadan qoniqdim desam ham bo‘ladi.», - dedi Hasanov.
Fikrlar