No‘’mon Hasanov: Farg‘onada g‘alaba qozonishga intilamiz

  • 25 noyabr, 2018, 18:17
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pepsi Superliga 31-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “So‘g‘diyona” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida qo‘qonliklar ustozi No‘’mon Hasanov va klubimiz etakchilaridan biri Javohir Sidiqovlar qatnashishdi. 

Tecno

No‘’mon Hasanov: Har bir murabbiy o‘z maydonidagi oxirgi o‘yinda g‘alaba qozonishni xohlaydi. Bugun ham shunday maqsadda maydonga tushgandik. Shogirdlarimga ham buni tushuntirgandim. Ammo niyatimizga etolmadik. Javohir Sidiqov hamda O‘tkir Yusupovlar milliy terma jamoamiz bilan Avstraliyadan uchib kelishdi. Uzoq parvoz, baribir charchoq alomatlari ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Yigitlardan aniq paslar bilan o‘ynashni talab qildim. Afsuski maydonimiz holati ham chiroyli o‘yin ko‘rsatishga pand berdi. Olmaliqda ko‘rdilaring , yaxshi maydonda futbolchilar yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Keyingi o‘yinimiz Farg‘onada, bu o‘yinga astoydil tayyorlanib, so‘nggi turda muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz.

Javohir Sidiqov: Bugun har ikki jamoaga ham g‘alaba zarur edik. Biz g‘alabaga haqli o‘yin ko‘rsatdik. Murabbiyimizning ko‘rsatmalarini to‘liq bajarmaganimiz ham pand berdi. Oxirgi o‘yinda mehmonda to‘p sursak ham faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Muxlislarimizga bizni ajoyib tarzda qo‘llab turishgani uchun minnatdorchilik bildiraman

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!