No‘’mon Hasanov: Derbidagi g‘alaba turmush o‘rtog‘im uchun ajoyib sovg‘a bo‘ldi

  • 25 oktabr, 2018, 00:37
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bugungi g‘alaba butun Qo‘qon xalqining g‘alabasi deb bilaman. Bugun muxlislarimiz bizni tinimsiz qo‘llab-quvvatlashdi. G‘alaba osonlikcha qo‘lga kiritilgani yo‘q. Qo‘qonliklarga quvonch baxsh etishni maqsad qilganmiz. O‘zim ham qo‘qonlikman va bu erda futbolni qanchalik yaxshi ko‘rishlarini bilaman.

Tecno

Bugungi g‘alaba men uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi bugun turmush o‘rtog‘imning tug‘ilgan kuni. Bu g‘alaba turmush o‘rtog‘imga eng yaxshi sovg‘a bo‘ldi.
Standartlar ustida ko‘p ishlaymiz. Mana natijasi bugungi o‘yinda bilindi. Darko Gojkovichning bugun omadi keldi. U yana gollar urishini tilab qolaman. Tarkib borasida ham biroz muammoga duch kelyapmiz. Jasur Hakimovning kutilmaganda jarohat olgani rejalarimizni o‘zgartirib qo‘ydi.

Birinchi bo‘limda “Neftchi”da ham golga tortadigan vaziyatlar bo‘ldi. Ikkinchi taymda esa raqibga imkon qoldirmadik.

Jamoada kim murabbyi bo‘lib ishlashidan qa’tiy nazar muxlislarimiz jamoamni doimo qo‘llab-quvvatlashlarini istayman", - dedi Hasanov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!