
Noma’lum shaxslar Ikardining oilasiga hujum qilishdi
Noma’lum shaxslar "Inter" forvardi Mauro Ikardining oila a’zolariga hujum qilishdi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra bezorilar argentinalik futbolchining xotini Vanda Nara boshqarayotgan avtomobil toshbo‘ron qilishgan va voqea joyidan g‘oyib bo‘lishgan. Aytish lozimki mashina ichida bolalar ham bo‘lgan. Ma’lumotlarga qaraganda bu vaziyatda hech kim jabr ko‘rmagan.
Bezorilar ushbu voqeani “Inter”ning uy stadioni hisoblangan "Juzeppe Meatstsa" stadioni oldida amalga oshirishgan.
Eslatib o‘tamiz, Ikardi so‘nggi paytlarda “neradzurrilar”ning shartnomani uzaytirish borasidagi taklifini rad etib kelmoqda. Vanda Nara esa nafaqat uning xotini, balki agenti hamdir.
Fikrlar