
Neymar "Oltin to‘p" uchun asosiy da’vogarlarni taxmin qildi
PSJ klubi forvardi Neymar joriy yilgi “Oltin to‘p” sovrini uchun asosiy da’vogarlarni aytib o‘tdi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
26 yoshli braziliyalik futbolchining so‘zlariga ko‘ra Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”), Lionel Messi (“Barselona”) va Kilian Mbappelardan (PSJ) biri ushbu sovrinni qo‘lga kiritishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq France Football nashri tomonidan ta’ssis etilgan ushbu sovrin bu safar “Atletiko” klubi va Frantsiya terma jamoasi forvardi Antuan Grizmannga berilishi borasida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar