
Nemis himoyachisi Angliyaga qarshi o‘yinni qo‘yib yuboradi
Germaniya terma jamoasi va “Bavariya” klubi himoyachisi Jerom Boateng milliy termasining Angliyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tusha olmaydi.
Tajribali himoyachining maydonga tusha olmasligining aniq sababi ko‘rsatilmagan. Katta ehtimol bilan Boateng Frantsiyaga qarshi o‘yinni ham qo‘yib yuboradi.
Eslatib o‘tamiz, Angliya va Germaniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini 10 noyabr kuni Londondagi “Uembli” stadionida o‘tkaziladi.
Fikrlar