"Napoli" yozda A Seriyaning ikki to‘purarini sotib olishga harakat qilib ko‘radi

  • 19 fevral, 2019, 21:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" klubi rahbariyati mavsumlar oralig‘ida jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra neapolliklar yozda "Latsio" forvardi Chiro Immobile va "Torino" forvardi Andrea Belottilarni qo‘lga kiritishga urunib ko‘rishadi. Ta’kidlash kerakki, “Napoli” mavsum yakunlangach katta ehtimol bilan o‘zining belgiyalik hujumchisi Dris Mertensni Xitoyga sotib yuboradi.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli Belotti joriy mavsum “Torino” safida jami 26ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. 28 yoshli Immobilening hisobida esa 29ta o‘yindan so‘ng 15ta gol mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!