Nainggolan ertaga “Zenit”ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi

  • 20 iyul, 2018, 12:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Mavsumlar oralig‘ida “Roma”dan “Inter” klubiga ko‘chib o‘tgan yarim himoyachi Raja Nainggolan ertaga Sankt-Peterburgning “Zenit” klubiga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etolmaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra belgiyalik futbolchi "Son"ga (0:2) qarshi bahsning 24-daqiqasidayoq sonidan jarohat olgan va maydonni tark etgan. Sport Mediaset tarqatgan xabarga ko‘ra Nainggolanning jarohati u qadar jiddiy emas, lekin shunga qaramay u piterliklarga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!