Nagaev Osiyo kubogini o‘tkazib yuboradimi?

  • 19 dekabr, 2018, 22:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha xabar berib o‘tganimizdek, Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida jarohat olgan Ivan Nagaev bugun instrumental tekshiruvdan o‘tkazildi. Bu tekshiruvlar natijasida birlamchi tashxis o‘z tasdig‘ini topdi. Ya’ni, hujumchiga chap son old mushagining cho‘zilishi (mushak ichki tolalarining kichik yirtilishi bilan) tashxisi qo‘yildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Bundan ma’lum bo‘lyaptiki, Nagaev uchun yil oxirigacha davom etadigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘z yakunini topdi.

Shunga qaramasdan murabbiylar futbolchini yig‘in guruhida olib qolishga qaror qilishgan. Zarur bo‘lgan davolash muolajalari aynan shu erning o‘zida tibbiy shtab nazorati ostida amalga oshirilajakligi ma’qul ko‘rildi.

Bu avvalambor ruhan quvvatlov, chunki yil oxirigacha Ivan Nagaev safga qaytadigan bo‘lsa, BAAdagi Osiyo kubogida muhim figuralardan biriga aylanishi mumkin. Ikkinchidan esa, Nagaev qit’a chempionatidan qolib ketgan taqdirda ham xotirjam davolanib olishi uchun yaxshigina zamin yaratilgan bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!